“TasIMO-2026”olimpiadasining topshiriq va masalalari dunyodagi eng nufuzli matematik platformalardan biri — 👉 artofproblemsolving.com 👈 platformasidan o‘rin oldi!
Bu TasIMO masalalarining xalqaro ekspertlar, olimpiyadachilar va professional matematiklar darajasida tan olinganining muhim belgisidir.
📣 Maʼlumot uchun, bugungi kunda AoPS butun dunyo bo‘ylab millionlab iqtidorli yoshlar, sovrindorlar va matematik olimpiada murabbiylari foydalanadigan yetakchi ilmiy-ta’limiy maydon hisoblanadi.
Platforma murakkab fikrlash, nostandart yechim va yuqori darajadagi matematik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi masalalari bilan mashhur.
📌 Aynan ushbu platformaga TasIMO masalalarining joylanishi topshiriqlar xalqaro standartlarga mos ekan, olimpiadaning ilmiy-metodik saviyasi global maydonda e’tirof etilayotgani, O‘zbekiston va mintaqadagi matematik ta’lim brendi sifatida TasIMOga qiziqish ortayotganini anglatadi.
TasIMO yoshlarning intellektual salohiyatini dunyoga namoyish etayotgan yangi matematik harakatdir!

TasIMO masalalari xalqaro matematik hamjamiyat e’tiborida!
Bu TasIMO’ning xalqaro matematik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganining muhim belgisi.